Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IShID Chempionlar ligasi o‘yinlari sabab tahdid qildi

IShID Chempionlar ligasi o‘yinlari sabab tahdid qildi

Yevropa Chempionlar ligasi o‘yinlari oldidan stadionlarda terror hujumlari xavfi tufayli xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki o‘yinlariga mezbonlik qiladigan stadionlarda xavfsizlik kuchaytiriladi, biroq Madrid, Parij va Londondagi o‘yinlar rejalashtirilganidek davom etadi, deya ma’lum qildi UYeFA. Fransiya va Ispaniya rasmiylari ham xavfsizlik choralari kuchaytirilganini tasdiqladilar.

Oldinroq Ispaniyaning Marca nashri IShID 9 va 10 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi chorak final o‘yinlarida teraktlar uyushtirish bilan tahdid qilayotgani va nashrlarga qo‘ng‘iroq qilayotgani haqida xabar bergan edi. IShIDga yaqin internet nashrlarida o‘yinlar bo‘lib o‘tadigan stadionlarda hujumlar bo‘yicha tafsilotlar paydo bo‘lgan.

«Chempionlar ligasining shu haftadagi o‘yinlari bilan bog‘liq terrorchilik tahdidlaridan xabardor va tegishli joylardagi rasmiylar bilan yaqin aloqada bo‘lib turibdi. Rejaga ko‘ra, barcha o‘yinlar belgilangan tartibda va tegishli xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda o‘tkaziladi», — dedi UYeFA.

Bugun Madridda «Real Madrid» klubi va Angliyaning «Manchester Siti» klublari, Londonda esa «Arsenal» va Germaniyaning «Bavariya» klubi o‘ynaydi. 

10 aprel kuni Madridda Ispaniyaning «Atletiko» klubi o‘z uyida Germaniyaning «Borussiya»si bilan, Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi esa Parijda Ispaniyaning «Barselona» klubi bilan o‘ynaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring