Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Madrimov ham professional boksga o‘tdi

Isroil Madrimov ham professional boksga o‘tdi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionati g‘olibi Isroil Madrimov endi faoliyatini professional boksda davom ettiradi. Hamyurtimiz bu borada Rossiyaning «Mir Boksa» promouterlik kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

«Hurmatli do‘stlar, men faoliyatimda muhim qadam tashlaganimni va professional boksga o‘tishimni mamnuniyat bilan e’lon qilmoqdaman. Bu borada ko‘plab takliflar oldim va prof boksda o‘z kelajagimni ishonishim mumkin bo‘lgan «Mir Boksa» tashkiloti bilan hamkorlik qilishga qaror qildim. Bunday imkoniyatga ega bo‘lganimdan juda xursandman va bundan minnatdorman», – dedi Isroil Madrimov.

Isroil professional boksdagi debyut jangini 24-noyabr kuni Atlantik-Siti shahrida o‘tkazadi. O‘sha kuni unga Viktor Ernandes raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun: Ernandes professional boksda 12 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan (6 ta jangda nokaut evaziga). 2 marotaba mag‘lubiyatga uchragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring