Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mundial ishtirokchilari soni JCh-2022dayoq 48taga yetkazilishi mumkin

Mundial ishtirokchilari soni JCh-2022dayoq 48taga yetkazilishi mumkin

13-iyun kuni Moskvada o‘tkaziladigan FIFA kongresida Qatarda o‘tkaziladigan JCh-2022 ishtirokchilari soninini ko‘paytirish masalasi muhokama etiladi.

Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 32tadan 48taga yetkazish taklifi Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL)dan chiqqan.

Ishtirokchilar sonining ko‘paytirilishi musobaqa tashkilotchilari uchun muammoga sabab bo‘lish ham mumkin. Chunki mundial o‘yinlari soni 64tadan 80taga oshadi. Shu bois ham 48 terma jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati 2026-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Bunda terma jamoalar 16 guruhga bo‘linib, ikkitadan jamoa keyingi bosqichga chiqadi.

Kongressda, shuningdek, 2026-yildagi jahon chempionati mezboni ham aniqlanadi. Mundialni qabul qilmoqchi bo‘lgan davlatlar orasida AQSh, Meksika va Kanada hamda Marokash bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring