Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh tarixida ilk bor o‘zbekistonlik mutaxassis komissar bo‘ladi

JCh tarixida ilk bor o‘zbekistonlik mutaxassis komissar bo‘ladi

Foto: O‘FA

Shu yilning 14-iyun kuni Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov hakamlik qilishi haqida xabar bergan edik.

O‘FA bergan xabarga ko‘ra, jahon chempionatlari tarixida birinchi marta o‘zbekistonlik mutaxassis mundial o‘yinlarida komissar sifatida ishlaydi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan Olim Arifov JCh-2018 musobaqasiga komissar sifatida rasman taklif qilingan.

Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O‘zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JChda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring