Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Katta futbol bayrami! Bugun YeChL pley-off bosqichi boshlanadi

Katta futbol bayrami! Bugun YeChL pley-off bosqichi boshlanadi

Foto: «Yevrosport»

Bugun, 13-fevral kuni Qarshining «Nasaf» jamoasi Osiyo chempionlar ligasida guruh bosqichida ilk o‘yinini o‘tkazadi. Guruh bosqichiga saralash o‘yini orqali yetib kelgan «ajdarlar» safarda Eronning «Persepolis» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Tehrondagi «Ozodi» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 18:45da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12-fevral kuni Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi guruh bosqichining dastlabki uchrashuvida o‘z maydonida BAAning «Al-Vahda» jamoasini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Shuningdek, bugun Yevropa chempionlar ligasining pley-off bosqichiga ham start beriladi. Bugun kechasi soat 00:45 da YeChL 1/8 finalining ilk o‘yini boshlanadi. O‘yinlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

14 fevral

«Bazel» - «Manchester Siti» - 00:45

«Yuventus» - «Tottenxem» - 00:45

15 fevral

«Portu» - «Liverpul» - 00:45

«Real» - «PSJ» - 00:45

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring