Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konor Makgregor: «Habib favorit...»

Konor Makgregor: «Habib favorit...»

Foto: «eurosport.ru»

MMA jangchisi Konor Makgregor rossiyalik Habib Nurmagomedov va amerikalik Toni Fergyuson o‘rtasidagi ehtimoliy jang favoriti haqida gapirdi.

31 yoshli irlandiyalik jangchi ushbu raqiblar o‘rtasida qaysidir birini ustun qo‘yish qiyin bo‘lganini tan oldi, ammo u rossiyalik sportchini favorit sanadi. Shu bilan birga, Fergyusonning kuchli jihatlarini ham qayd etdi.

«Toni ajoyib jangchi, u hech qachon charchamaydi. Ammo men Habibni tanlayman», — dedi Makgregor.

Fergyuson Nurmagomedovning ehtimoliy raqiblaridan biri. 31 yoshli rossiyalik sportchi 2020-yil bahorida jang o‘tkazishi rejalashtirilgan. Ammo, Fergyuson u bilan 2019-yil dekabr oyida kuch sinashish istagini bildirdi.

E’tiborlisi, bu ikki sportchi o‘rtasidagi jang avval turli sabablar bilan to‘rt marta o‘tkazilmay qolgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring