Krishtianu Ronalduning boyligi 2 mlrd dollardan oshdi
Krishtianu Ronalduning daromadi 2 milliard dollardan oshdi. Forbes nashrining yangilangan hisobotida Ronaldu hali faoliyatini yakunlamasdan turib bunday ko‘rsatkichga erishgan birinchi sportchi sifatida qayd etildi.
41 yoshli futbolchining umumiy daromadi 2,1 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Shundan:
- 1,4 mlrd dollar — maydondagi faoliyat (klublardagi maoshlari va bonuslar);
- 700 mln dollar — maydondan tashqaridagi daromadlar (reklama shartnomalari va shaxsiy biznes).
Joriy mavsumda futbolchining umumiy daromadi 300 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda. Bu mablag‘ning 250 million dollari «Al-Nasr» klubi tomonidan kafolatlangan maosh va bonuslar, qolgan 50 million dollari Nike, Binance kabi brendlar bilan hamkorlik hamda Whoop va Perplexity kompaniyalariga kiritilgan investitsiyalardan keladigan foydadir.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter