Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

La Liga prezidenti Mbappega oid «sir»ni ochib qo‘ydi

La Liga prezidenti Mbappega oid «sir»ni ochib qo‘ydi

La Liga prezidenti Xaver Tebas PSJ hujumchisi Kilian Mbappe o‘tadigan jamoa nomini aytdi.

«Mbappening o‘tishi haqida nimalar bilaman? Agar men eshitgan gaplarga ishonsak, Mbappe 99,99 foiz «Real Madrid» futbolchisi bo‘ladi», — dedi Xaver Tebas.

Avvalroq Mbappe «Real Madrid» bilan kelishuvga ega ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq futbolchi ham, Madrid klubi ham bu kelishuv haqida hali ochiq ma’lum qilgani yo‘q. 

Fransiyalik hujumchi joriy mavsumda ham PSJ safida sermahsul o‘yin ko‘rsatmoqda. Uning klub bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring