Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YChL. Salohning goli «Liverpul»ni pley-offga olib chiqdi (video)

YChL. Salohning goli «Liverpul»ni pley-offga olib chiqdi (video)

Foto: «EPA-EFE/PETER POWELL»

Yevropa Chempionlar Ligasining eng murakkab — «C» guruhida «Liverpul» so‘nggi tur oldidan guruhda peshqadam bo‘lib turgan «Napoli»ni qabul qildi. Uchrashuvda Muhammad Salohning 34-daqiqada kiritgan goli «Liverpul»ga pley-off yo‘llanmasini taqdim etdi.

«Napoli» esa Yevropa ligasiga ravona bo‘ldi.

«Liverpul» — «Napoli» 1:0

Gol: 1:0 – 34 Saloh

Ushbu guruhda safarda «Srvena Zvezda»ni 4:1 hisobida mag‘lub etgan «PSJ» birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va pley-offga yo‘llanma oldi.

«Srvena Zvezda» — PSJ 1:4

Gollar: 0:1 – 9 Kavani, 0:2 – 40 Neymar, 1:2 – 56 Gobelich, 1:3 – 74 Markinyos, 1:4 – 90 Mbappe.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring