Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Liverpul» — «Real» bahsini boshqaradigan hakam ma’lum. U Junayd Chaqir emas

«Liverpul» — «Real» bahsini boshqaradigan hakam ma’lum. U Junayd Chaqir emas

Milorad Majich.

Foto: «ftbl.ru»

2017/18-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi final uchrashuviga hakamlar jamoasi tayinlandi. Bu haqda UYeFA rasmiy sayti xabar berdi.

Shunday qilib, 26-may kuni Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida bo‘lib o‘tadigan «Liverpul» va «Real» jamoalari o‘rtasidagi final bahsini Milorad Majich boshchiligidagi serbiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradigan bo‘ldi. Unga qanotlarda hamyurtlari — Milovan Ristich va Dalibor Jurjevich yordam beradi. Darvoza ortida esa Nenad Jokich va Danilo Gruich ishlaydi. To‘rtinchi hakam – Kleman Tyurpen (Fransiya) bo‘ladi.

Avvalroq final uchrashuvini boshqarishga turkiyalik hakam – Junayd Chaqir boshchiligidagi brigada ham da’vogar ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring