Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB taqiqi olib tashlandi, «Bunyodkor» eshiklari ochildi

MIB taqiqi olib tashlandi, «Bunyodkor» eshiklari ochildi

Foto: «Bunyodkor» matbuot xizmati

«Bunyodkor» futbol klubi ofisi eshiklari MIB tomonidan muhrlab ketilgani xabar qilingan edi. Bunga sabab sifatida klub sobiq bosh murabbiyi Sergey Lushchandan qarzdorlik mavjud ekani ko‘rsatilgan.

Bugun ushbu taqiq olib tashlandi va muhrlangan eshiklar ochildi. «Bunyodkor» futbol klubi matbuot xizmati tomonidan «Xabar.uz»ga ma’lum qilinishicha, Sergey Lushchanning qarzi to‘liq qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, matbuotda «Bunyodkor»ning qarzi 380 million so‘m ekani xabar qilingan edi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda «Bunyodkor» futbol klubi ofisi eshiklari ochilishi uchun umumiy hisobda 420 million so‘m to‘lov amalga oshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring