Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy gvardiya a’zosi xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

Milliy gvardiya a’zosi xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

2019 yilning 22-23 mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida kattalar o‘́rtasida jangovar sambo bo‘yicha Jaxon kubogi bo‘lib o‘tdi. Milliy gvardiya matbuot xizmati bizga xabar qilishicha, ushbu musobaqada hamyurtimiz Zafar Allaberganov 68 kg vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada 21 mamlakatdan 250 nafar sportchilar qatnashdi va 9 vazn toifasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, «Dinamo» JT va JSK a’zosi, xalqaro toifadagi sport ustasi Zafar Allaberganov 68 kg vazn toifada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring