Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurmagomedov va Makgregor jangining taxminiy sanasi aytildi

Nurmagomedov va Makgregor jangining taxminiy sanasi aytildi

Foto: «TASS»

UFC chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan 6 oktyabr yoki 30 dekabr kuni Las-Vegasdagi (AQSh) turnirda uchrashishi mumkin.

—Hozirda ikkita sana bor — 6 oktyabr va 30 dekabr. Umid qilamanki, jang oktyabrda bo‘ladi, chunki chempionlik kamari himoyasini cho‘zishni istamayman. Men UFCga har qanday raqib topib berishlarini aytdim. Agar menga boshqa raqib berishsa, Konor bo‘lmasa ham, jang qilishga tayyorman, — deydi Nurmagomedov o‘z intervyusida.

Makgregor Nyu-Yorkda bo‘ladigan turnirlarda ishtirok eta olmaydi. Sababi shtat sport qo‘mitasi uni 4 aprel kuni avtobusga hujum qilgani uchun litsenziyasidan mahrum qilgan. Avtobusda o‘shanda Nurmagomedov ham bo‘lgan, biroq u va boshqa UFC jangchilariga zarar yetmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring