Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Ochilboy Ramatov O‘FA rahbarligidan ketishi kutilmoqda

OAV: Ochilboy Ramatov O‘FA rahbarligidan ketishi kutilmoqda

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Bugun, 13-iyun kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov o‘z arizasiga ko‘ra iste’foga chiqdi. Uning o‘rniga FIFA referesi Ravshan Ermatov tayinlanishi kutilmoqda. «Tribuna.uz»ning ma’lum qilishicha, O‘FAda prezident ham o‘zgaradi.

Nashr manbasi xabariga ko‘ra, 2018-yil 25-yanvardan buyon O‘FA prezidenti bo‘lib ishlab kelayotgan Ochilboy Ramatov lavozimini tark etishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Ochilboy Ramatov O‘FA prezidentligidan tashqari bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va transport vaziri lavozimlarida ham ishlab kelmoqda.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston futbolini amaldorlar boshqarishi yangilik emas. O‘FFni 12 yil boshqargan Mirabror Usmonov o‘z vaqtida mamlakat savdo vaziri bo‘lgan. O‘FFda rahbar bo‘lgan vaqtida esa u senator ham edi.

Usmonovdan oldin ham rasmiy shaxslar o‘zbek futboli rahbariyatida ishlagan. 1995-2005-yillarda o‘sha vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri bo‘lib ishlagan general-polkovnik Zokir Almatov bir vaqtning o‘zida O‘FFga ham rahbar bo‘lgan. 2008-2009-yillarda esa hozirda DXX raisi bo‘lib ishlayotgan, o‘sha vaqtda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan Abdusalom Azizov O‘FF vitse-prezidenti bo‘lgan.

O‘FAning yangi rahbariyati ertaga tashkilot binosida o‘tkaziladigan yig‘ilishda aniq bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring