Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Samvel Babayan «Lokomotiv»ga bosh murabbiy bo‘ladi

OAV: Samvel Babayan «Lokomotiv»ga bosh murabbiy bo‘ladi

Foto: «Chempionat»

Toshkentning «Lokomotiv» klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. «Temiryo‘lchilar» rahbariyati bosh murabbiy Andrey Fyodorovni iste’foga chiqarishga qaror qilgan. Uning o‘rniga klub prezidentining maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Samvel Babayan tayinlanishi kutilmoqda. Bu haqda «Tribuna.uz» xabar berdi.

Nashr manbasining qo‘shimcha qilishicha, Fyodorov kecha, OChL guruh bosqichining so‘nggi turi doirasida Toshkentda «Ar-Rayyan»ga qarshi kechgan o‘yindan keyin (3:2) lavozimidan ozod etilishi mo‘ljallangan, ammo iste’fo noma’lum sababga ko‘ra kechiktirilgan.

Andrey Fyodorov bir yil oldin, 2018-yil aprel oyida Andrey Miklyayev o‘rniga «Lokomotiv» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Samvel Babayan esa 2019-yil fevral oyidan buyon «Loko» tizimida ishlab kelmoqda. Uning klub prezidenti maslahatchisi lavozimiga tayinlanishi shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi, boisi u 2018-yil yanvar oyida O‘FA tomonidan umrbod o‘zbek futbolidan chetlatilgan edi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, Babayanning diskvalifikatsiyasi «Bunyodkor»ning kafilligi ostida ikki haftadan so‘ng bekor qilingan bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring