Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OChL. «Lokomotiv» ham guruhda qolib ketdi

OChL. «Lokomotiv» ham guruhda qolib ketdi

Foto: «AFK»

Osiyo chempionlar ligasida guruh bosqichining so‘nggi tur o‘yinida «Lokomotiv» o‘z maydonida Eronning «Zob Ohan» klubini qabul qildi.

Keyingi bosqichga chiqish uchun temiryo‘lchilarga faqat g‘alaba zarur edi. Ammo «Lokomotiv» buni uddalay olmadi va durang o‘yinadi. Natijada, har ikkala klub 7 ochkodan jamg‘arishdi, biroq, Erondagi o‘yinda «Zob Ohan» 2:0 hisobida g‘alaba qozongani hisobiga 2-o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqdi.

Guruhning yana bir bahsida Qatarning «Ad-Duhayl» klubi o‘z maydonida «Al-Vahda»ni 1:0 hisobida yengib, 18 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi.

OChL-2018, V guruhi, 6-tur

Lokomotiv (O‘zbekiston) – Zob Ohan (Eron) - 1:1

Gollar: To‘xtaxo‘jayev (90) – Tabriziy (25)

Eslatib o‘tamiz, OChLda Qarshining «Nasaf» klubi ham o‘z guruhida uchinchi o‘rin bilan kifoyalangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring