Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘FA Rossiya terma jamoasiga o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish taklifi bilan chiqdi

O‘FA Rossiya terma jamoasiga o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish taklifi bilan chiqdi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari bundan bir necha kun oldin Rossiya futbol ittifoqi mutasasaddilari bilan uchrashuvlarda ishtirok etib qaytishdi. Uchrashuvlarda Rossiya terma jamoa bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish taklifi ham ilgari surilgan. Bu haqda «Sports.uz» xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bu haqda O‘FA prezidenti maslahatchisi San’at Sharipov o‘zining «Tvitter»dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Sharipovga ko‘ra, Rossiyaliklar ushbu masala terma jamoa bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov bilan maslahatdan so‘ng aniq bo‘lishini aytishgan.

«RFI xodimlariga O‘zbekiston hamda Rossiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazish taklifi bilan chiqdik.

Bunga javoban esa, rus hamkasblarimiz terma jamoa murabbiyi Stanislav Cherchesov bilan bo‘lib o‘tadigan suhbatdan so‘ng batafsil to‘xtalishga va’da berishdi», — deb yozadi San’at Sharipov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring