Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Og‘ir atletikachilarimiz Jahon chempionatini muvaffaqiyatli boshladi

Og‘ir atletikachilarimiz Jahon chempionatini muvaffaqiyatli boshladi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Shu kunlarda AQShning Las-Vegas shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada bahslarga kirishgan vakilimiz Og‘abek Nafasov yigitlar o‘rtasida 55 kg vazn toifasida o‘tkazilgan bellashuvda kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yurtdoshimiz dast ko‘tarish mashqini 102 kg bilan yakunlab, bu yo‘nalishning kumush medalini o‘zini qildi. Siltab ko‘tarish mashqida esa 121 kg natija qayd etdi. Ikki kurash bo‘yicha 223 kg jamg‘ara olgan Nafasov umumiy hisobda ham shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu vakillarimizning ushbu JChda qo‘lga kiritgan dastlabki medali edi. Bundan keyin bahslarga kirishadigan yosh polvonlarimizga ham omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Og‘ir atletika. O‘smirlar o‘rtasida JCh
Yigitlar, -55 kg:
1.Serxio Massidda (Italiya) – 228 kg
2. Og‘abek Nafasov (O‘zbekiston) – 223 kg
3.Xose Peralta (Meksika) – 217 kg

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring