Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida qatnashadigan termamiz tarkibi ma’lum bo‘ldi

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida qatnashadigan termamiz tarkibi ma’lum bo‘ldi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Shu yilning 16-29-aprel kunlari Xitoyning Ninbo shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. 

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy saytida musobaqada ishtirok etuvchi O‘zbekiston termasi tarkibi e’lon qilindi. 

Erkaklar:

-73 kg: Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov

-96 kg: Farhod Sobirov

-102 kg: Sunnatilla O‘sarov

-109 kg: Akbar Jo‘rayev

+109 kg: Rustam Jangabayev

Ayollar:

-55 kg: Muattar Nabiyeva

-87 kg: Dolera Davronova

Bellashuvlar 20 aprel kuni start oladi.

Qit’a va jahon chempionatlari Tokio Olimpiadasi uchun eng ko‘p reyting ochkolarini taqdim etadi. 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring