Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo kubogi muddati kechiktirildi

Osiyo kubogi muddati kechiktirildi

Foto: AFC

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 2027 yilgi Osiyo kubogi muddati o‘zgartirilgani haqida e’lon qildi.

Unga ko‘ra, turnir 2027-yil 23-dekabrda boshlanib, final 21-yanvar kuniga belgilangan. Bungacha turnir 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.

Shu tariqa, qit’a chempionati boshlanishi 350 kunga, ya’ni qariyb bir yilga kechiktirilmoqda.

Turnir vaqtini o‘zgartirishga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat sabab bo‘lgan. Jumladan, Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi keskinlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Jumladan, husiylar Saudiya aeroportlariga keskin zarbalar yo‘lladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring