Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Osiyo o‘yinlari g‘oliblariga pul mukofotlari belgilandi

Osiyo o‘yinlari g‘oliblariga pul mukofotlari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Indoneziyada o‘tgan XVIII Osiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga pul mukofotlari belgilandi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov xabar berdi.

Osiyo o‘yinlarida oltin medal olgan sportchilar 5000 dollar, kumush sohiblari 3000 dollar va bronza medal egalari 2000 dollar miqdorida pul mukofotlari olishadi.

Indoneziyada o‘tgan musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 21 ta oltin, 24 ta kumush, 25 ta bronza, jami 70 medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egallagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring