Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oybek Qosimov vazir o‘rinbosari, Iskandar Jo‘rayev MOQ vitse-prezidenti etib tayinlandi

Oybek Qosimov vazir o‘rinbosari, Iskandar Jo‘rayev MOQ vitse-prezidenti etib tayinlandi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi endi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga aylantirilgani haqida xabar bergan edik.

2017 yilning fevralidan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Qurbonov o‘rniga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti sobiq rektori, mamlakat futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Shoakram Isroilov O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlandi.

O‘FA rasmiy sayti xabariga ko‘ra, vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida shu kunga qadar Milliy olimpiya qo‘mitasining birinchi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Oybek Qosimov faoliyat olib boradi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan Iskandar Jo‘rayev Milliy olimpiya qo‘mitasining birinchi vitse-prezidenti lavozimiga tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring