Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek xokkey klubi KXLda qatnashishi mumkin

O‘zbek xokkey klubi KXLda qatnashishi mumkin

Фото: «Rsport.ru»

O‘zbek xokkey klubi Kontinental xokkey ligasida ishtirok etishi mumkin. Bu haqida KXL vitse-prezidenti Vitaliy Proxorov va xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati vitse-prezidenti Baxodir G‘ofurovlar xabar berib o‘tgan.

O‘zbek klubi avval quyiroq liga hisoblanadigan Oliy xokkey ligasida ishtirok etadi. Shundan so‘ng 2022 yilga borib KXLga o‘tish imkoni paydo bo‘lishi kutilmoqda.

"O‘zbekiston chempionatida ayni vaqtda to‘rtta jamoa ishtirok etmoqda. OXL uchun alohida yangi klub tashkil etiladi. Ayni vaqtda bu jamoa uchun xokkeychilar tanlab olinmoqda.

O‘zbek xokkeychilaridan ham kimdir tarkibga tushishi mumkin. Liga darajasi juda baland, shu bois kuchli o‘yinchilar kerak", - deydi Baxodir G‘ofurov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring