Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston FIFA reytingida Falastin va Suriyadan keyingi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston FIFA reytingida Falastin va Suriyadan keyingi o‘rinni egalladi

Foto: «FIFA.COM»

FIFA reytingining yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi umumiy reytingning 77-pog‘onasidan joy egallagan. Bu orqali terma jamoamiz OFK termalari orasida 9-o‘rinni egallab turibdi.

MDH terma jamoalari o‘rtasida esa Ukraina karvonboshilik qilyapti. Ukrainlar 35-pog‘onada qayd etilgan. Rossiya terma jamoasi esa 63-o‘rinda.

Foto: «FIFA.COM»

Osiyo terma jamoalari reytingini, ikki pog‘ona pastlagan bo‘lishiga qaramay, hamon Eron termasi boshqaryapti. Forslar ushbu oyda 34-o‘rinni egallashdi. Bizdan oldinda, shuningdek, Avstraliya (36), Yaponiya (56), Janubiy Koreya (59), Saudiya Arabistoni (65), Xitoy (70), Falastin (76) va Suriya (76) terma jamoalari bor.

BAA terma jamoasi reytingda pastlagani bois bu safar bizdan bir pog‘ona pastda — 78-o‘rindan joy olgan.

Reyting kuchli o‘nligida hech qanday o‘zgarish yo‘q — unda hamon Germaniya terma jamoasi karvonboshilik qilmoqda. Nemislardan keyingi o‘rinni Braziliya band etgan bo‘lsa, Yevropaning amaldagi chempioni Portugaliya kuchli uchlikka yakun yasagan.

Foto: «FIFA.COM»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring