Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston olimpiya jamoasi a’zolariga qancha pul mukofoti berilgani aytildi

O‘zbekiston olimpiya jamoasi a’zolariga qancha pul mukofoti berilgani aytildi

Qatarda o‘tgan Osiyo kubogi U23 turnirida qit’a vitse-chempioniga aylanib, o‘z tarixida ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma olgan O‘zbekiston olimpiya jamoasi pul mukofoti bilan taqdirlangan.

Tribuna.uz’ning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston olimpiya jamoasi Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma olgani uchun jamoaning har bir a’zosi 30 ming AQSh dollari pul mukofoti bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston termasi ilk bor olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Parij-2024 Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgust kuniga qadar bo‘lib o‘tadi. Temur Kapadze shogirdlari S guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi olimpiya jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring