Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston tarixidagi ilk Olimpiada chempioni olamdan o‘tdi

O‘zbekiston tarixidagi ilk Olimpiada chempioni olamdan o‘tdi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘z nomini o‘zbek sporti tarixining zarvaraqlariga bitgan Lina Cheryazova 50 yoshida olamdan o‘tdi. Mahoratli fristaylchimiz uzoq vaqt og‘ir xastalik bilan kurashib kelayotgan edi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Lina Cheryazova 1968-yil 1-noyabr kuni Toshkentda tavallud topgan. 1994-yili Norvegiyaning Lillexammer shahrida o‘tkazilgan qishki Olimpiya o‘yinlarida fristaylning akrobatika yo‘nalishida ishtirok etib, oltin medalga sazovor bo‘lgan. Bu hozirgacha O‘zbekiston vakillarining qishki Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan birinchi va yagona medali sifatida ta’kidlab kelinadi. Shuningdek, Cheryazova 1993-yili jahon chempionatida ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi. Sportchimiz umrining oxirgi yillarini onasi tug‘ilgan Rossiyaning Novosibirsk shahrida yashadi.

Lina Cheryazova 1994-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, 1998-yili esa «Mehnat shuhrati» ordeni va «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan bilan mukofotlangan.

«Xabar.uz» portali Lina Cheryazovaning yaqinlari va oila-a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring