Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident sport federatsiyalarining faoliyatini keskin tanqid qildi

Prezident sport federatsiyalarining faoliyatini keskin tanqid qildi

Foto: «President.uz»

Shavkat Mirziyoyev bugun, 20-sentabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda sport federatsiyalari faoliyatiga alohida to‘xtaldi.

Korxonalar, ta’lim muassasalari, istirohat bog‘larida ommaviy badantarbiya va gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tkazish e’tibordan chetda qolib ketgani qayd etildi. Bunday mashqlarning inson salomatligi uchun foydaliligini targ‘ib qilish maqsadida doimiy ko‘rsatuv va ijtimoiy roliklar tayyorlab, televideniye orqali namoyish etish lozimligi ta’kidlandi.

– Mamlakatimizda sportni ommalashtirish bo‘yicha besh yillik milliy konsepsiya ishlab chiqish zarur. Aholini jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanib, sog‘lom turmush kechirishga jalb etish, shu orqali kasalliklarning oldini olib, odamlarning umrini uzaytirish konsepsiyaning asosiy yo‘nalishi va natijasi bo‘lishi kerak, – dedi Prezident.

Yig‘ilishda federatsiyalarning ishi sustligi sababli ot sporti, suzish, qilichbozlik, o‘q otish va jamoaviy sport turlari bo‘yicha xalqaro musobaqalarda yaxshi natijalarga erishilmayotgani tanqid qilindi. Shu bois Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida tashkil etilayotgan olimpiya tayyorgarligi markazlarini 2020-yilga qadar foydalanishga topshirib, ularda Xitoy tajribasini qo‘llash, ya’ni sportchilarning markazda doimiy istiqomat qilib, maqsadli tayyorgarlik ko‘rish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Mutasaddi rahbarlarga barcha sport federatsiyalari faoliyatini tanqidiy o‘rganib, ularning ishini, ayniqsa, seleksiya yo‘nalishini tubdan yaxshilash, rahbar kadrlarning mas’uliyatini oshirish topshirildi.

Malakali murabbiylar kamligi, xususan, qishki sport turlari bo‘yicha mutaxassislar yetishmasligi qayd etildi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga murabbiylar tayyorlashni takomillashtirish, ularga litsenziya berish mexanizmini soddalashtirish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring