Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Profringdagi jangi bekor qilingan Bahodir Jalolov Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Profringdagi jangi bekor qilingan Bahodir Jalolov Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi. Bu haqda mamlakat havaskor boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Charm qo‘lqop ustalarimiz 12-21 aprel kunlari Qozog‘istonning Turkiston viloyatida tashkil etiladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashadi.

Yig‘inda mezbonlardan tashqari yana bir qator mamlakat bokschilari ham mashg‘ulot o‘tkazadi. Terma jamoamiz delegatsiyasi katta murabbiy Rahmatjon Ro‘ziohunov boshchiligida Turkistonga yo‘l oldi. Ushbu yig‘in Parij-2024 olimpiya o‘yinlari oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Terma jamoa tarkibi: Hudoynazar Fayzov, Shahzod Muzaffarov, Dilshod Abdumurodov, Abdumalik Halokov, Adham Muhiddinov, Rahmatilla Boymatov, Ruslan Abdullayev, Jasurbek Yo‘ldoshev, To‘rabek Habibullayev, Saidjamshid Jafarov, Lazizbek Mullojonov, Bahodir Jalolov.

Murabbiylar: Rahmatjon Ro‘ziohunov, Farrux Qilichev, Davron Gafurov, Ozod Hasanov, Xamza Avezov, Alisher Tuychiyev, Rustam Razakov.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolovning professional boks bo‘yicha ertaga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jangi kutilmaganda bekor qilingandi. Uning o‘rnida boshqa o‘zbek bokschisi ringga ko‘tariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring