Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman! Ravshan Ermatov ishdan ketgan Umid Ahmadjonovning o‘rnini egalladi

Rasman! Ravshan Ermatov ishdan ketgan Umid Ahmadjonovning o‘rnini egalladi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi anjumanlar zalida tashkilotning navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda «Tribuna» xabar bermoqda.

Yig‘ilishda FIFA referesi Ravshan Ermatov nomzodi O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimiga taklif qilingan. Uning nomzodi qo‘llab-quvvatlanib, tashkilot vitse-prezidenti etib saylangan. Shunday qilib u o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketgan Umid Ahmadjonovning o‘rnini egallaydi.

Ravshan Ermatov Jahon chempionatlarida 11ta o‘yinda bosh hakam sifatida ishlagan va bu borada rekordchi hisoblanadi. U 5 marta Osiyoning eng yaxshi hakami bo‘lgan va bir marta «Globe Soccer Awards» talqiniga ko‘ra dunyoning eng yaxshi hakami deb ham topilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring