Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronalduni tekshirgan «Yuventus» vrachlari hayratda

Ronalduni tekshirgan «Yuventus» vrachlari hayratda

Foto: «Juventus.com»

Krishtianu Ronalduni «Yuventus» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan turinlik vrachlar hayratda, deb yozmoqda «Life.ru». Portugaliyalik sportchi 33 yoshda bo‘lishiga qaramay, juda ajoyib formada: uning jismoniy holati 20 yoshli yigitniki bilan teng.

Ronaldu organizmidagi yog‘lar miqdori 7 foiz, holbuki insonda o‘rtacha ko‘rsatkich 10-11 foiz bo‘ladi. Tana massasining 46 foizi mushaklardan iborat. Jahon chempionati o‘yinchilari orasida u birinchi bo‘lib 34 kilometr masofani bosib o‘tdi. Vaholanki 33 yoshida o‘yinchilar «veteran» sanala boshlanadi.

Ronaldudan birgina kamchilik topildi — u harakat tezligini yo‘qotmoqda. Shunga qaramay u sprinterlik mahoratini namoyish eta oladi. Masalan, o‘tgan yilgi mavsumda u 33,25 km/soat tezlikda yugura olgandi. Qiyoslash uchun: Angliya premer-ligasining eng tez yuguruvchi o‘yinchisi Leroy Sane 35,48 km/soat tezlikka ega.

Shu o‘rinda Ronalduning yaqinginada aynan «Yuventus» darvozasiga «qaychi usuli»da urgan golini eslasak, o‘shanda Krishtianu 2,3 metr balandlikdagi to‘pga zarba bergandi.

Ronaldu «Yuventus» futbolkasida 12 avgust kuni, «oq-qoralar»ning asosiy tarkibi yoshlariga qarshi maydonga tushadigan o‘yinda debyut qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring