Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sanjar Tursunov professional boksdagi debyut jangida meksikalik raqibini nokaut qildi

Sanjar Tursunov professional boksdagi debyut jangida meksikalik raqibini nokaut qildi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori bo‘lgan Sanjar Tursunov bugun AQShda professional boksdagi debyut jangini o‘tkazdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Kaliforniya shtatidagi «Fantasy Springs Casino» arenasida o‘tkazilgan jangda hamyurtimizga meksikalik Megel Kubos raqiblik qildi. Sanjar Tursunov jangni faol boshladi va ikkinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi. Shu tariqa, 20 yoshli bokschimiz professional ringdagi faoliyatini g‘alaba bilan boshladi.

Ma’lumot uchun, Kubos shu kungacha professonal boksda 31 ta jang o‘tkazgan va ularning 11 tasida g‘alaba qozongan (8 tasi nokaut bilan). 20ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (9 ta jangda nokautga uchragan).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring