Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sariosiyoda «Alpomish» va «Barchinoy» testlari o‘tkazilmoqda

Sariosiyoda «Alpomish» va «Barchinoy» testlari o‘tkazilmoqda

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Kecha yurtimizda ilk marotaba «Alpomish» va «Barchinoy» test sinovlari Surxondaryo viloyatining eng chekka hududlaridan biri bo‘lgan Sariosiyo tumani aholisi o‘rtasida o‘tkazildi.

Ushbu ommaviy sport tadbirida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari hamda soha mutaxassislari ham ishtirok etib, aholining keng qatlamlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqalarni tashkil etish jarayonini sinovdan o‘tkazildi. Musobaqa tarzida tashkil etilgan testlarni 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 100 nafarga yaqin xohlovchilar turli yosh toifalari bo‘lingan holda bajarishdi.

Masalan eng yosh ishtirokchilar mokisimon yugurish, arqonda sakrash, tennis to‘pini nishonga urish, joydan uzunlikka sakrash kabi mashqlarni bajarishgan bo‘lsa, 60 yoshdan oshganlar 30 yoki 60 metrga yugurish, 3 kilometrga skandinavcha yurish, past turnikda tortilish kabi shartlarni bajarishdi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishda orttirilgan tajriba va ishtirokchilarning o‘rinli takliflari asosida musobaqalarni tashkil etish jarayoni takomillashtirilib, barcha hududlarda o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring