Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini «Uembli»da o‘tkazadi

Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini «Uembli»da o‘tkazadi

Foto: «InstantBoxing.com»

Boks bo‘yicha jahon chempioni, bugungi kunda professional ringda faoliyat olib borayotgan charm qo‘lqop ustasi Shahram G‘iyosov faoliyatidagi beshinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda MOQ axborot xizmati xabar berdi.

G‘iyosov 22 sentyabr kuni Buyuk Britaniyadagi «Uembli» stadionida ringga ko‘tariladi. O‘sha kuni unga nikaragualik Xulio Laguna raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Shahram shu kungacha profboksda to‘rt marotaba ringga chiqib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (3 tasi nokaut). Laguna esa 14 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘olib bo‘lgan. 10 ta jangni muddatidan oldin yakunlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring