Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahram G‘iyosov Xulio Lagunani nokautga uchratdi

Shahram G‘iyosov Xulio Lagunani nokautga uchratdi

Foto: «zimbio.com»

Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Shahram G‘iyosov Londondagi «Uembli» stadionida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Avval xabar qilganimizdek, bahsda bokschimizga nikaragualik Xulio Laguna raqiblik qildi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang 4-raundda nikaragualik bokschining nokauti bilan yakunlandi.

Bu Shahram uchun prof ringdagi beshinchi jang edi. G‘iyosovning g‘alabalari soni ham beshtaga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring