Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shaxmat: bugun O‘zbekiston kuchli raqibga qarshi o‘ynaydi

Shaxmat: bugun O‘zbekiston kuchli raqibga qarshi o‘ynaydi

Shaxmat olimpiadasining 8-turidan so‘ng O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida 3-o‘rinda bormoqda.

Bugun yigitlarimiz olimpiada peshqadami Armaniston jamoasiga qarshi dona suradi.

Bo‘lib o‘tayotgan musobaqada ushbu jamoalar hali mag‘lub bo‘lmagan.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa 40-o‘rinda bormoqda. Bugun qizlarimiz Isroil terma jamoasi (29-o‘rin) bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha musobaqaning 8-tur uchrashuvlarida yigitlarimiz Germaniya vakillariga qarshi dona surishdi va 2,5:1,5 hisoblarida g‘alaba qozonishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring