Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shohjahon Ergashev meksikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi

Shohjahon Ergashev meksikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev (16 ta jang, 16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) 23-avgust kuni AQShda o‘zining 17-jangini o‘tkazadi. Bu haqda «Olamsport» xabar berdi.

Shohjahon o‘sha kuni meksikalik Abdiyel Ramiresga (29 ta jang, 24 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang, 22 ta nokaut) qarshi ringga ko‘tariladi.

Shohjahon Ergashev oxirgi jangini 9 iyun kuni rossiyalik Maksim Churbanovga (13 ta jang, 8 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang) qarshi o‘tkazib, uni nokautga uchratgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring