Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodovning jamoadoshi «Inter»ga o‘tishi mumkin

Shomurodovning jamoadoshi «Inter»ga o‘tishi mumkin

Foto: «Betassist»

Eldor Shomurodov to‘p surayotgan «Roma» jamoasining yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan kelayotgan yozda Italiya shimoliga ko‘chib o‘tishi mumkin. «Inter» (Milan) 33 yoshli arman futbolchisiga qiziqmoqda.

Mxitaryanning rimliklar bilan shartnomasi muddati iyunda tugaydi. Uni uzaytiradimi yoki boshqa jamoaga ketadimi — Mxitaryan hozir bir qarorga kelishi kerak. «Calciomercato» yozishicha, milanliklar temirni qizig‘ida bosish harakatida, xavbekni erkin agent sifatida qo‘lga kiritish uchun uning agentlari bilan aloqaga chiqishmoqda.

Mxitaryan «Roma»ga Londonning «Arsenal»idan o‘tgan. Hozirgi jamoasida barcha turnirlarda 116 o‘yin o‘tkazib, 29 gol, 29 golli uzatmani amalga oshirgan. Armaniston terma jamoasi tarkibida esa 95 o‘yinda maydonga tushib, 32 ta golni o‘z hisobiga yozgan.

A seriya g‘olibligi uchun so‘nggi turgacha kurashayotgan va Chempionlar ligasi yo‘llanmasini naqd qilgan «Inter»ga o‘tish — arman futbolchisi uchun yuqorilashdan tashqari, qattiq raqobatga chidashi lozimligini ham anglatadi. «Roma» esa Yevropa ligasi ostonasida — buyog‘i omadga ham bog‘liq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring