Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sportga nisbatan haqorat». Italiya klubi chempionatdan chetlatildi

«Sportga nisbatan haqorat». Italiya klubi chempionatdan chetlatildi

Foto «Segodnya»

«Pro Pyachensa» klubi 0:20 hisobidagi mag‘lubiyatidan so‘ng Italiya chempionatining uchinchi ligasi («C» seriya)dan haydab yuborildi.

Klub moliyaviy qiyinchiliklar tufayli uch safardan beri o‘yin o‘tkazolmay texnik mag‘lubiyatga uchrab kelayotgandi. To‘rtinchisi diskvalifikatsiya degani. Shuning uchun ham jamoa bir amallab «Kuneo»ga qarshi maydonga tushishga qaror qildi: tarkibdagi yetti nafar (!) o‘yinchi bilan...

Shundan ham olti nafari professonallar (20 yoshgacha) edi. Qolgan o‘yinchilar: jamoa massajchisi, jamoa administratori...

Zaxirasida «pichoqqa ilinadigan» o‘yinchilari bo‘lmagan jamoalarga nisbatan «zaxira o‘rindig‘i tor» iborasini ishlatamiz. «Zaxira o‘rindig‘i» tugul asosiy tarkibi ham tugal bo‘lmagan «Pro Pyachensa» shu kuni «Kuneo» tomonidan 20 ta gol bilan jazolandi.

Italiya futbol federatsiyasi keyinchalik bu mag‘lubiyatni texnik mag‘lubiyatga aylantirib, jamoani «C» seriyadan chiqarib yubordi — bu ikkinchi jazo.

Uchinchi jazo esa 20 ming yevrolik jarima.

Futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina ushbu o‘yinni «sportga nisbatan haqorat» deb atadi.

«C» seriya 20 ta professional jamoadan tashkil topgan. O‘tgan haftada ushbu ligani yana bir jamoa — moliyaviy muammolardan qiynalayotgan «Matera» tark etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring