Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taekvondo yulduzlari O‘zbekistonda yig‘ilmoqda

Taekvondo yulduzlari O‘zbekistonda yig‘ilmoqda

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida to‘liq tarkibda ishtirok etadi.

Musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, 10 aprel kuniga qadar Toshkent viloyatida joylashgan «Yangiobod sport bazasi»da bir necha mamlakat sportchilari ishtirokida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkaziladi.

Yig‘inda hamyurtlarimizdan tashqari, Rossiya va Iordaniyadan kelgan kuchli taekvondochilar qatnashadi. Kecha kunning ikkinchi yarmida Rossiya terma jamoasi mazkur xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish maqsadida katta tarkibda Toshkentga yetib keldi. 

Shuningdek, biroz oldin iordaniyalik taekvondochilar ham Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitovning o‘zi «dayandagi do‘stlari»ni kutib oldi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring