Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Toshkent yo‘lbarsi» 71 yoshga to‘ldi

«Toshkent yo‘lbarsi» 71 yoshga to‘ldi

O‘zbek va jahon boksining afsonalaridan biri, «Toshkent yo‘lbarsi» nomi bilan dong taratgan Rufat Risqiyev bugun 71 yoshga to‘ldi.

Rufat Asadovich Risqiyev 1949-yil 2-oktyabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan. 1974-yilgi jahon chempionatida zafar quchib, dunyo birinchiligida g‘alaba qozongan ilk o‘zbek bokschisi bo‘lib tarixda qoldi. Shuningdek, Rufat Asadovich 1976-yilgi Olimpiya o‘yinlari finalchisi ham ekani yaxshi ma’lum.

2019-yildan e’tiboran boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi ishtirokchisiga Rufat Risqiyev sovrinini topshirish joriy etildi.

Rufat Asadovich o‘zbek boksiga tamal toshini qo‘ygan insonlardan biri hisoblanadi. Bokschilarimizning hozirgi muvaffaqiyatlarida ham ushbu mutaxassisning xizmati beqiyosdir.

Rufat Risqiyev mustaqilligimizning 29 yilligi arafasida «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring