Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ilk bor 80ga yaqin otliq ishtirokida parad o‘tkazildi (foto)

Toshkentda ilk bor 80ga yaqin otliq ishtirokida parad o‘tkazildi (foto)

Foto: «uz24.uz»

Toshkent shahrida yashovchilar va uning mehmonlari unutilmas tomoshaning guvohi bo‘lishdi. Poytaxt markazida otlar paradi tashkil etildi, deb xabar bermoqda «uz24.uz» nashri.

Paradda O‘zbekiston Davlat xavfsizligi xizmati chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi qoshidagi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya otliq eskadroni faxriy qorovuli bataloni xodimlari, shuningdek respublikaning turli ot sporti yo‘nalishlari bo‘yicha terma jamoalarning yetakchi sportchilari ishtirok etishdi.

Bu kabi tadbirlar dunyoning turli mamlakatlari uchun noyob hodisa emas. Ammo O‘zbekiston uchun ushbu fleshmob birinchisi bo‘ldi.

Shu tarzda tashkilotchilar respublikaning ot sporti sohasini «bo‘y-basti bilan» ko‘rsatib berishga intilishdi, jamoatchilikning e’tiborini ot sporti turlariga qaratish, o‘sib kelayotgan avlod orasida ot sportini ommalashtirishga harakat qilishdi.

Bu ishga shuningdek mamlakatning kuch tuzilmalari xodimlari, mashhur sportchilari o‘z xissalarini qo‘shishdi. Ular tantanali xizmat va sport kiyimlarida, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘targan holda, Toshkentning markaziy ko‘chalari bo‘ylab marsh qilib yurishdi.

Bugungi paradda 80 ga yaqin zotdor otlar ishtirok etishdi. Bunday miqdordagi jonivorlar bilan umumjahon o‘lchovlar bo‘yicha bu paradni yiriklaridan biriga kiritish mumkin. Keng ko‘lamliligi bo‘yicha oxirgi jahon rekordi o‘tgan yili BAAda 116 ta ot ishtirokida qo‘yilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring