Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Umid Ahmadjonov FIFA sammitida qatnashish uchun jo‘nab ketdi

Umid Ahmadjonov FIFA sammitida qatnashish uchun jo‘nab ketdi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA sammitida qatnashish uchun bugun, 11-dekabr kuni erta tongda Qatar mamlakatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

11-13-dekabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida FIFAga a’zo 5ta konfederatsiyadan 50 ta mamlakat vakillari turli masalalarni muhokama qilishadi. Mazkur mamlakatlar qatorida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham FIFA sammitiga taklif etilgan. Doha shahri 2017-yilning fevral oyida ham FIFA sammitiga mezbonlik qilgandi. Bu FIFAning Dohadagi ikkinchi sammiti bo‘ladi.

Qatardagi sammitda FIFA tomonidan tashkil etilayotgan musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilinib, tashkiliy qo‘mita hisobotlari tinglanadi. Shuningdek, FIFAga a’zo futbol assotsiatsiyalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, VAR tizimini rivojlantirish bo‘yicha ham amaliy takliflar ko‘rib chiqiladi.

«FIFAga a’zo futbol assotsiatsiyalari vakillari bilan tez-tez uchrashib turish juda ham muhim. Mazkur uchrashuvlar davomida ularni qiynayotgan masalalar tinglanib, ularga amaliy yordam berish chora-tadbirlari ko‘rib chiqiladi. FIFA sammitlari orqali butun dunyo futbolidagi global muammolarni hal etishga harakat qilamiz», – deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi FIFA prezidenti Janni Infantino bo‘lajak sammit haqida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring