Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalq banki sport yo‘nalishida sovrindor bo‘ldi

Xalq banki sport yo‘nalishida sovrindor bo‘ldi

Foto: Xalq banki

O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan XIII banklararo spartakiadada aksiyadorlik tijorat Xalq banki mini-futbol yo‘nalishida II darajali diplom bilan taqdirlandi.

Qiziqarli voqealarga boy bo‘lgan ushbu musobaqada yurtimizdagi barcha tijorat banklari jamoalari o‘zaro bellashishdi. Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan turnir yakunida Xalq banki jamoasi faxrli ikkinchi o‘ringa loyiq topildi hamda maxsus kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu XIII banklararo spartakiada musobaqalari sportning boshqa turlari o‘yicha davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring