Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir bokschimiz qit’ada tengsiz!

Yana bir bokschimiz qit’ada tengsiz!

Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final uchrashuvlari davom etmoqda.

Finalga chiqqan terma jamoamiz a’zolarining hozircha barchasi oltin medalni qo‘lga kiritmoqda. Avvalroq Nodir Mirzahmedov (-49 kg) hamda Mirazizbek Mirzahalilov (-56 kg) final jangida g‘alaba qozongandi.

O‘zbekiston terma jamoasining yana bir vakili Bobo-Usmon Baturov (-69 kg) yaponiyalik Sevonrets Okazavani yengib, qit’a chempioni bo‘ldi.

Bugun yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi finalda ringga chiqadi.

-91 kg: Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Xyong Kyu Kim (Janubiy Koreya)
+91 kg: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Qamshibek Konkabayev (Qozog‘iston).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring