Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada Olimpiada-2020 mash’alasi taqdimoti o‘tkazildi (foto)

Yaponiyada Olimpiada-2020 mash’alasi taqdimoti o‘tkazildi (foto)

Foto: XOQ

Tokio (Yaponiya)da 2020 yili bo‘lib o‘tadigan Yozgi olimpiya o‘yinlari mash’alasi taqdimoti o‘tkazildi.

Mash’alaning og‘irligi 1,2 kilogramm bo‘lib, «pushtirang oltin» rangida alyuminiydan Yaponiya milliy ramzi — sakura guli ko‘rinishida yasalgan. Beshta olimpiya halqasini akslantirgan beshta gulbargdan chiqqan olov tepada tutashadi.

Olimpiya mash’alasida 2011-yili yuz bergan zilzila va sunamidan jabr chekkan mamlakat shimoli-sharqida vaqtinchalik boshpanalar qurishda foydalanilgan alyuminiy ham ishlatilgan. Bu bilan tashkilotchilar tabiiy ofat qurbonlari xotirasiga hurmat bajo etishdi.

Olimpiada mash’alasi ushbu fojia yuz bergan sana — 11-mart kuni (2020-yili) yoqiladi va 20-mart kuni 2011-yilgi tabiiy ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rgan Miyagi prefekturasiga keltiriladi.

Mash’alaga «Umid yo‘limizni yoritadi» shiori ostida 26-mart kuni Fukusima prefekturasida start beriladi, 24-iyul — Olimpiada ochiladigan kuni u Tokiokaga yetib keladi.

Eslatib o‘tamiz, Tokiodagi XXXII-Yozgi olimpiya o‘yinlari 2020-yilning 24-iyulidan 9-avgustiga qadar o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring