Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zaynab Dayibekova – Osiyo chempioni bo‘ldi!

Zaynab Dayibekova – Osiyo chempioni bo‘ldi!

Xitoyning Usi shahrida o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida ayollar o‘rtasida sablya yo‘nalishida kechgan bahslarda hamyurtimiz Zaynab Dayibekova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Pley-off bosqichida ikkinchi saralangan sportchi sifatida harakat qilgan Dayibekova saralashda Vetnam, Xitoy, Avstraliya vakillarini, yarim finalda hindistonlik Bxavani Chadalavadani, finalda esa uch karra jahon chempionati sovrindori, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi janubiy koreyalik Jisu Yunni mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu qoraqalpog‘istonlik sportchimizning kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatlarida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medali hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring