Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda portlash tufayli to‘xtab qolgan poyezd yo‘lovchilari Toshkentga olib kelindi

26/06, 11:51

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yil 25-iyun kuni Ufa shahridan kelayotgan 382-son temir yo‘l reysining barcha yo‘lovchilari avtobuslar orqali Toshkent shahriga yuborildi.

«O‘zbeklarga qoyil qoldim». Aris shahridan evakuatsiya qilingan qozoq yigiti hayratda qoldi

25/06, 18:00

«Hoy yigitlar! Bu yerda endi millatchilik qilmaylik. O‘zbeklarga men qoyil qoldim. Ishonasizlarmi, bittasi to‘yxonasini bo‘shatib beryapti, ko‘rpa-to‘shak, hamma narsasi bilan. Yana bittasi «Yegulik va mahsulotlaring aynib qolmasin, shu fura (muzlatgich moshina)da tursin narsalaring, mashina 3 kun o‘chirilmaydi» deb Fura mashinasini olib kelib qo‘ydi. Tasavvur qilyapsizmi?», deydi qozoq yigiti.

Arisdagi portlashlardan jabr ko‘rganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

25/06, 06:59

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yil 24-iyun kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyati Aris shahri harbiy qismi hududidagi portlashlar natijasida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjud emas.

Arisda yo‘qolib qolgan mingga yaqin bola topilib, ota-onalariga qaytarildi

24/06, 23:54

Tezkor guruhlar tomonidan 945 nafar bola topilib, ota-onalariga topshirilgan. Yana 14 nafar bolaning ota-onasini (24 iyun, soat 23 00 holatiga) qidirish ishlari davom etmoqda.

Snaryadlar yonimizda portlardi. Arisdan evakuatsiya qilinganlar Chimkent ko‘chalarini to‘ldirdi

24/06, 17:41

Evakuatsiya uchun hatto yuk mashinalari jalb etilgan, yo‘lda piyoda qochib kelayotganlar olib ketilmoqda. Politsiya yo‘ldagi tiqilinchni nazorat qilishga ulgurmayapti. Mashinalar tiqini o‘nlab kilometrga cho‘zilgan.