Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng kuchli armiyalar reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Eng kuchli armiyalar reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Foto: «YouTube»

«Global Firepower» eng kuchli armiyalar reytingini e’lon qildi: jami 136 mamlakat orasida O‘zbekiston 39-o‘rinni egalladi.

Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari reytingda quyidagicha joylashdi: Qozog‘iston — 50-o‘rin, Turkmaniston — 80-o‘rin, Qirg‘iziston — 91-o‘rin, Tojikiston — 96-o‘rin.

Afg‘oniston armiyasi ushbu reytingda 71-o‘rindan joy oldi.

Dastlabki uch o‘rinda — AQSh, Rossiya va Xitoy.

Shuningdek, Hindiston, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya va Germaniya yetakchi o‘nlikda.

Reytingdagi oxirgi uch mamlakat — Surinam, Liberiya va Butan.

«Global Firepower» reytingi 55 xil ko‘rsatkichga asoslanadi, qurol-yarog‘ning nafaqat umumiy soni, balki xilma-xilligi ham e’tiborga olinadi. Reyting asoslangan formula kichik, ammo texnologik jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarga yirik, biroq texnologiyalari qoloqroq mamlakatlar bilan raqobatlashish imkonini beradi.

Reytingni tuzishda geografik omillar, logistik qulayliklar, tabiiy resurslar, moliyaviy barqarorlik, ichki sanoatning rivojlanganlik darajasi inobatga olinadi. Mazkur reytingda yadro qurollarining mavjudligi, dengizga chiqish yo‘llari bo‘lmagan mamlakatlarda flotning yo‘qligi ahamiyatga ega emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring