Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hammaga yetadimi? Suvning atigi 0,75 foizi insoniyat ixtiyorida

Hammaga yetadimi? Suvning atigi 0,75 foizi insoniyat ixtiyorida

Foto: «Theworldnews.net»

Insoniyat jiddiy sinovlar arafasida — iqlim o‘zgarishlari va aholi sonining o‘sib borishi suv tanqisligini keltirib chiqaradi.

«The Economist» yozishicha, yuqoridagi xulosaga kelgan olimlar har xil global iqlim modellarini tahlil qilib, kelajak ssenariylarini tuzishga urinishdi: xo‘sh, voqealar rivoji shu taxlitda kechsa, suvga bo‘lgan talabni qondirishga qanday ta’sirini o‘tkazadi?

Hisoblab chiqishdi: Yerdagi jamiki suvning 97,5 foizi — sho‘r, ichishga yaroqsiz, 1,75 foizi — qutblarda va muzliklarda. Ixtiyorimizdagi 0,75 foiz obihayot bo‘lsa asosan yer ostida joylashgan. U ham qurib boryapti...

Tadqiqot davomida aniqlanishicha, hatto aholi jon boshiga suv iste’moli darajasini pasaytirish ham tanqislik muammosiga yechim bo‘la olmaydi. Prognozlanayotgan suv yetishmovchiligini pasaytirish uchun har xil strategiyalar ko‘rib chiqildi: suv omborlari sig‘imini oshirish, yer osti suvlarini katta miqdorda tortib olib, o‘rnini daryo va irmoqlar suvlari bilan to‘ldirish va boshqalar.

Suv omborlari sig‘imini oshirish, ayniqsa, AQShning iqlim o‘zgarishlari oqibatida qurg‘oqchilik yanada kuchayishi kutilayotgan hududlarida, suv tanqisligini hal qilishda eng maqbul yechim bo‘lolmaydi.

Jahonda suvdan foydalanish so‘nggi 100 yilda olti barvar oshdi, 2015-yilga borib yana 20-50 foizga oshishi kutilmoqda.

Eng yirik suv osti tizimlarining uchdan bir qismi qurib qolish xavfi ostida turibdi. Oqibatda suv tanqisligi o‘ta kuchli sharoitda yashovchilar soni 2050-yilda 3,2 milliard kishiga o‘sadi — bular faqat qashshoq mamlakatlar aholisi emas. Avstraliya, Ispaniya, Italiya va hatto Amerika suvsizlikdan aziyat cheka boshlaydi.

2050-yilga borib jahon aholisi soni 9,4—10,2 mlrd. kishiga yetishi aytilmoqda. Aholisi eng tez ko‘payayotgan Afrika va Osiyo hozirdanoq suv yetishmovchiligi muammosi bilan yashayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring