Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar: shamollaganda sut ichish xavfli

Olimlar: shamollaganda sut ichish xavfli

Foto: «Vesti.ru»

Britaniyalik olimlar shamollash xastaliklarini qaynoq sut bilan, ayniqsa, asal qo‘shilgani bilan yengish mumkinligi haqidagi gaplar shunchaki cho‘pchak degan to‘xtamga kelishdi. Tadqiqot tafsilotlari «Laryngoscope» ilmiy jurnalida chiqdi.

Aniqlanishicha, xalq tabobati vositalari bemorda allergiya, bo‘g‘ilish va yo‘talni faqat kuchaytirishga xizmat qilarkan. Odatda so‘lakdagi mavjud antibakterial fermentlar mikroblarni o‘ldirib, insonni shamollashdan asraydi. Biroq kasallikka chalinganda organizm ularni ko‘p ishlab chiqarishni boshlaydi, bu kuchli yo‘tal, allergiya va ovozning bo‘g‘ilishiga olib keladi.

Sutning xavfli jihati shundaki, u so‘lak ajralishini yanada ko‘paytiradi. Tadqiqot davomida olimlar sut iste’mol qilganlarda shamollash uzoqroq vaqt davom etishini aniqlashdi. Shuning uchun ham shamollashga yo‘liqqanlar yo kunlik sut iste’moli me’yorini kamaytirishlari yoki undan butunlay voz kechishlari zarurligi tavsiya qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring